AsosiyDunyo

COVID-19 ning barcha shtammlariga qarshi universal vaksina yaratish uchun antitanacha topildi

'COVID-19 ning barcha shtammlariga qarshi universal vaksina yaratish uchun antitanacha topildi'ning rasmi

Xitoylik olimlar aniqlagan ushbu antitanacha COVID-19 ning barcha shtammlarining ta`sirini neytrallashtira oladi. Ria Novosti xabariga ko`ra, bu haqda bioRxiv elektron kutubxonasida e`lon qilingan ma`lumotlarda qayd etilgan.

Olimlarning ta`kidlashicha, 35B5 antitanachasi «Omikron» shtammini ham zararsizlantirishga qodir.

Ushbu antitanacha koronavirusning og`ir shaklini boshdan o`tkazgan bemorlarning qon namunalarini o`rganish jarayonida kashf qilindi. Olimlar antitanachalarni ishlab chiqaruvchi hujayralarni qon namunasidan ajratib olib, koronavirusning turli qismlariga ta`sirini kuzatishgan.

Qayd etilishicha, ushbu 35B5 antitanachasi universal vaksina yaratish uchun asos bo`lib xizmat qilishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar