AsosiyJamiyat

Endi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar avtomaktablarda o`tkazilmaydi

'Endi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar avtomaktablarda o`tkazilmaydi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi 2020 yil 7 dekabrdagi PQ-4913-son qarori doirasida haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o`tkazish huquqiga ega bo`lgan tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan tashkil qilingan xususiy imtihon markazlari o`z faoliyatini boshlamoqda. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur markazlarda imtihonlar to`liq inson omilidan xoli tarzda, avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishi jarayonida e`tirozlarga sabab bo`layotgan korrupsion holatlarga chek qo`yishiga xizmat qilinishi ta`kidlanmoqda.

Shuni inobatga olib, barcha avtomaktablar ma`muriyatidan o`z o`quvchilariga yo`l harakati qoidalarini puxta o`rgatib, haydovchilik huquqini olish masalasiga mas`uliyat bilan jiddiy e`tibor qaratishlari so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar