Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin EOIIning a`zolari va sheriklari uchun salohiyatni baholadi, deya xabar bermoqda Sputnik O`zbekiston.
EOII xalqaro maydonda o`z nufuzini faol oshirmoqda. Iqtisodiy birlashmaning umumiy salohiyati keng ko`lamli masalalarni muhokama qilish imkonini beradi, - degan bosh vazir.
“Vetnam, Eron, Singapur, Serbiya bilan oltita erkin savdo to`g`risida kelishuvimiz va Xitoy bilan ikkita shartnomamiz bor”, - degan Mishustin II Evroosiyo kongressida.
Ayni vaqtda Misr, Isroil va Hindiston bilan savdoni erkinlashtirish bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda. Mishustin EOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini olgan O`zbekiston haqida alohida to`xtalib o`tgan.
“O`zbekiston va Kuba kuzatuvchi-davlat maqomlaridan keng foydalanmoqda. Ular Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan o`zaro hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirdi va savdo-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar oldi”, - deb qo`shimcha qilgan Rossiya bosh vaziri.
Bularning barchasi EOIIga o`sish va rivojlanish uchun qo`shimcha istiqbollarni beradi.






