AsosiyJamiyat

Deputat mas`ullardan fuqarolarning bank kartalaridagi mablag`larni firibgarlardan himoyalash choralarini kuchaytirishlarini so`ramoqda

'Deputat mas`ullardan fuqarolarning bank kartalaridagi mablag`larni firibgarlardan himoyalash choralarini kuchaytirishlarini so`ramoqda'ning rasmi

Ayrim fuqarolarning mobil telefonlariga turli raqamlardan qo`ng`iroqlar qilishib, o`zlarini go`yoki "Klik layt" kompaniyasi vakillari sifatida tanishtirib, mijozning moliyaviy ma`lumotlarini yangilash maqsadida fuqaroning telefoniga sms xabar kelganini bildirib, ushbu sms kodni aytib yuborishni so`rashmoqda ekan.

Kimki soddalik qilib, SMS kodini aytgan taqdirda fuqarolarning bank plastik kartalaridagi mablag`lari firibgarlar tomonidan echib olinmoqda.

Firibgarlikning ushbu ko`rinishidan ogoh bo`lish va mablag`laringiz daxsizligini saqlash maqsadida bunday sms kodini so`raganlarga kodni aytmaslik va darxol raqam egasi haqida huquqni muhofaza qilish idoralariga xabar berish tavsiya etiladi.  

️Deputat Rasul Kusherbaev fuqarolarning bank, moliya sohasidagi shaxsiy ma`lumotlari, pul mablag`lari muhofazasini ta`minlashga mas`ul vakolatli organ va tashkilotlardan fuqarolarning mablag`larini firibgarlardan himoyalash choralarini kuchaytirishlarini so`ramoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar