AsosiyJamiyat

Bugungi kunda joylashgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul bo`lgan 255 milliard so`mlik qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi — Shavkat Mirziyoev

'Bugungi kunda joylashgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul bo`lgan 255 milliard so`mlik qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Ayni paytda prezident Shavkat Mirziyoev raisligida ipotekani kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish masalalariga qaratilgan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda. Yig`ilishda barpo etilayotgan “Yangi O`zbekiston massivlari”dagi uy-joylar tannarxini kamaytirish, aholiga uy-joylar uchun subsidiya ajratish masalalari muhokama qilinnmoqda, deya xabar berdi “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Ta`kidlanishicha, bundan ikki yil oldin ipoteka tizimini tubdan isloh qilish natijasida aholiga o`zlari istagan uy-joyni sotib olish imkoniyati yaratilgan. Avvallari, aholi sanoqli quruvchi qurgan bir xil namunadagi uy-joylardan olishga majbur bo`lgan.

“Natijada, sohaga sifat va raqobat kirib keldi, hududlarda zamonaviy arxitektura echimlariga ega loyihalar paydo bo`ldi. Shu orqali, ipoteka dasturlari doirasida yiliga 35 ming xonadonli uy-joylar qurilmoqda. Bu oldingi yillarga nisbatan 2 baravar ko`p, degani”, dedi Shavkat Mirziyoev.

Shunday bo`lsada, yangi tizimda hali o`z echimini topmagan ko`plab masalalar mavjud. Masalan:

-  ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ancha kam (Xususan, Xonqa tumanida 5 mingta yangi uy-joyga talab bo`lsada, kelgusi yilda atigi 464 ta (talabning 9 foizi) uylar qurish reja qilingan);

-  bugungi kunda joylashgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul bo`lgani uchun, qiymati 255 milliard so`mlik 950 ta qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi. (Surxondaryoda – 292 ta, Sirdaryoda – 189 ta, Qoraqalpog`istonda – 174 ta, Farg`onada – 167 ta);

-  ipoteka uchun byudjetdan ajratilgan 1,1 trillion so`m subsidiyalardan, 220 milliard so`m (20 foiz) ishlatilgan;

-  Respublika bo`yicha 36 mingdan ziyod ijobiy xulosasi bor oilalarga 900 milliard so`mdan ziyod subsidiyalar to`lanmay turibdi.

Buning sababi, aholi tomonidan talab yuqori bo`lgan o`rta me`yordagi uylar bo`yicha quruvchilar bozorga etarli taklif chiqarmagan.

Misol uchun, Samarqand viloyatida hokimiyat tashabbus qilib, loyihachi, quruvchi va bankni “boshini birlashtirib”, hamyonbop uylarni qurishni tashkil etgan. Bu orqali, subsidiyadan foydalanish va kreditlarni o`zlashtirishning eng yuqori ko`rsatkichi Samarqandda (kredit – 85 foiz, subsidiya – 60 foiz).

Yig`ilish davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar