AsosiyJamiyat

Prezident qurilish muddatini 30 foizga, tannarxni esa 20 foizga kamaytirish taklifini berdi

'Prezident qurilish muddatini 30 foizga, tannarxni esa 20 foizga kamaytirish taklifini berdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokidagi videoselektor yig`ilishi davom etmoqda.

Aholi mablag`larini qurilishga jalb qilishni rag`batlantirish bo`yicha yangi “maqsadli ipoteka omonati” mexanizmi joriy etiladi. Bunda:

1) “xaridor – bank – quruvchi” o`rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi;

2) uy-joy xarid qilmoqchi bo`lgan fuqaro bankda omonat ochib, uni to`ldirib boradi;

3) badal summasi shakllanganda, unga ipoteka krediti rasmiylashtiriladi;

4) tijorat banki omonat mablag`larini quruvchi tashkilotga kredit sifatida ajratadi.

Ya`ni, xaridor bank orqali quruvchini moliyalashtiradi, bank esa uyni xaridorga vaqtida topshirilishiga kafil bo`ladi.

Shuningdek:

pudratchilarga qurilishi tugallanmagan, tom qismi yopilgan ko`p kvartirali uy-joylarni kredit ta`minoti sifatida garovga qo`yishga ruxsat etiladi;

tadbirkorlik jamg`armasi tomonidan qurilish tashkilotlariga kafillik va kompensasiya to`lash muddati uzaytiriladi. Bunda, kafillik va kompensasiyalar qurilayotgan ko`p qavatli uy-joydagi kamida 70 foiz xonadonlar maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan taqdirda beriladi;

uy-joylar qurish uchun reytingda yuqori o`rinlarda bo`lgan pudratchi tashkilotlarga erni auksiondan sotib olish to`lovini avval 30 foizini, qolgan summani esa 12 oy davomida bo`lib-bo`lib to`lashga ruxsat beriladi.

Prezident zamonaviy materiallarni ishlatish hisobiga, qurilish muddatini 30 foizga, tannarxni esa 20 foizga kamaytirish taklifini ham berdi. “Misol uchun Ohangaron tumanida avtoklav gazoblok ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan. Gazoblok vazni g`ishtdan 3-4 baravar engil, devorni qurish va pardozlash xarajatlari 25 foizgacha arzon hamda 2 baravar tez quriladi, 30 foizgacha energiya tejamkor. Lekin, mamlakatimizdagi qurilishlarda zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish 25 foizga ham etmaydi. Kelgusi yilda qurilayotgan loyihalarning kamida 50 foizida zamonaviy mahsulotlar ishlatilishi shart”, dedi davlat rahbari.

 

                 Sardorbek Rahmonqulov

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar