AsosiyDunyo

Bloomberg dunyoning eng obro`li insonlari ro`yxatini e`lon qildi

'Bloomberg dunyoning eng obro`li insonlari ro`yxatini e`lon qildi'ning rasmi

Bloomberg 2021 yilda dunyoning eng obro`li 50 kishi o`rin olgan reytingni shakllantirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi

So`rovda joriy yilda erishgan yutuqlari “e`tirofga loyiq” bo`lgan biznes, ko`ngilochar, moliya, siyosat, fan va texnologiya sohalari vakillari o`rin oldi. 

Pfizer farmasevtika kompaniyasining bosh direktori Albert Burli biznes yo`nalishi bo`yicha etakchi o`rinni egalladi. 

Moliya bo`yicha esa Amazon bosh direktori Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott etakchi bo`ldi. Aytilishicha, Makkenzi xonim 800ga yaqin tashkilotlarga umumiy miqdori 8,6 milliard dollar xayriya qilgan. 

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy esa “Siyosat” yo`nalishidagi kishilar ro`yxatidan o`rin oldi.

TikTok ijtimoiy tarmog`ining bosh direktori Vanessa Pappas ilm-fan va texnologiya bo`limida tengsiz topildi. TikTok yilning birinchi yarmida Instagramm va Snapchat ijtimoiy tarmog`larini ortda qoldirdi. 

Mashhur qo`shiqchi Britni Spirs esa ko`ngilochar yo`nalishida eng yaxshi deb topildi. 

Boshqa yangiliklar