1

Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasiga boradi

Siyosat 03.12.2021, 08:49
Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasiga boradi

Kecha, 2 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Koreya Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Xong Nam Ki bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o`tkazdi.

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining ma`lum qilishicha, suhbatdan O`zbekiston Prezidentining Koreyaga kutilayotgan tashrifi alohida  o`rin olgan.

Tomonlar ,shuningdek, investisiyaviy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sohasida ishlab chiqilayotgan kelishuvlarni muhokama qilishgan.

"Koreyada bo`lishi kutilayotgan tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish va aniq kelishuvlarga erishish uchun uchta qo`shma ishchi guruh tuzilganligi ma`lum qilindi. Ularning vazifasi ustuvor sohalarda ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha mavjud masalalarni tezkorlik bilan hal qilishdan iborat bo`ladi",-deya alohida qayd etiladi vazirlik xabarida.

Muzokaralar yakunida bo`lajak tashrifning bir qator tashkiliy va mazmundorligi masalalari yuzasidan kelishib olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1