AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Avtomobil tarixi” ma`lumotlarini aniqlash xizmati yo`lga qo`yiladi  

'O`zbekistonda “Avtomobil tarixi” ma`lumotlarini aniqlash xizmati yo`lga qo`yiladi   'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Avtomobil tarixi” ma`lumotlarini taqdim etish bo`yicha davlat xizmatini ko`rsatishning ma`muriy reglamentini tasdiqlash to`g`risida”gi Vazirlar mahkamasining qarori loyihasi e`lon qilindi

Unga ko`ra, Davlat xizmatlari markazi, YaIDXP hamda turli veb-sayt va onlayn platformalar orqali avtomototransport vositalariga berilgan ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgisi orqali “avtomobil tarixi”ga oid quyidagi ma`lumotlarni avtomatik tarzda olish xizmati joriy etilmoqda.

Shu jumladan:

  • avtotransport vositasining agregat ma`lumotlari, taxminiy yurgan masofasi;
  • avtotransport vositasining garovda ekanligi yoki unga nisbatan taqiq mavjud/mavjud emasligi to`g`risidagi;
  • fuqarolik-huquqiy shartnomalar(ishonchnoma, ijara, hadya, oldi-sotdi shartnomasi, meros va boshqalar) tuzilganligi;
  • yo`l transport hodisasi sodir etilganligi;
  • avtotransport vositasiga yo`lovchi tashish bo`yicha lisenziya varaqasi olinganligi (olinmaganligi) haqidagi ma`lumotlar;
  • bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligi to`g`risidagi va boshqa ma`lumotlarni olish imkoni bo`ladi.

Loyihada, shuningdek quyidagi jihatlar ifodalangan:

  • birinchidan, berilayotgan ma`lumotlar axborot xarakteriga ega bo`lib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos bo`lmaydi;
  • ikkinchidan, shaxsga doir ma`lumotlarning kafolatlanishini ta`minlash maqsadida, ma`lumotlarda mulk egasi haqidagi shaxsiy ma`lumotlar, shuningdek tezkor-qidiruv, mudofaa va xavfsizlikka oid avtotransport vositalariga oid ma`lumotlar aks ettirilmaydi;
  • uchinchidan, xizmat ixtiyoriy ravishda, muayyan haq evaziga (BHMning 20 foizi) ko`rsatiladi. Ushbu xizmatdan kelib tushgan mablag`lar “Avtomobil tarixi” ma`lumotlarini yagona bazaga birlashtirib borish uchun maxsus dastur yaratish, uni yuritib borish, ma`lumotlarni raqamlashtirish va aktual holatda saqlash, texnik xizmat ko`rsatish kabilarga yo`naltiriladi.
  • to`rtinchidan, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, xizmatdan nafaqat Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali, balki xususiy veb-saytlar, onlayn platformalar orqali ko`rsatiladi.
  • beshinchidan, ikkilamchi bozorda avtomobil savdosida firibgarlik holatlarining oldini olishda yordam beradi.

Boshqa yangiliklar