AsosiyJamiyat

Chekish uchun ajratilgan maxsus joylarga minimal talablar belgilanmoqda

'Chekish uchun ajratilgan maxsus joylarga minimal talablar belgilanmoqda'ning rasmi

Oliy Majlis yig`ilishida deputatlar “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste`mol qilinishini cheklash to`g`risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o`qishda moddama-modda ko`rib chiqdilar. Bu haqda quyi palata Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qonun loyihasi bilan alkogol va tamaki mahsulotlari, tamaki hamda nikotin iste`mol qilish uchun moslamalarni realizasiya qilishga doir cheklovlar kengaytirilmoqda. 

Ta`kidlanganishicha, o`tgan vaqt mobaynida qonun loyihasi qo`mita tomonidan o`tkazilgan seminar va davra suhbatlarida ilgari surilgan takliflar, deputatlar bergan tavsiyalar atroflicha o`rganilib maromiga etkazildi. Qonunchilik texnikasidan kelib chiqqan holda loyihaning ba`zi bir moddalari o`zaro muvofiqlashtirilib, tarkibiy jihatdan tuzatishlar kiritildi.

Qonun loyihada alkogol va tamaki mahsulotlarini iste`mol qilish mumkin bo`lmagan jamoat joylarning aniq ro`yxati ko`rsatilib, chekish uchun ajratilgan maxsus joylarga minimal talablar belgilanmoqda. Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining majburiyatlari qonun loyihasida o`z aksini topyapti. Xususan, noqonuniy aylamaning oldini olish uchun import qiluvchi va ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulotlarni raqamli markirovkalash, ishlab chiqarish hajmlari va aylanmasini hisobga olish axborot tizimlarining tatbiq etilishi ko`zda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar