Ijtimoiy tarmoqlarda Moskvadagi “DVG” korxonasida ishlayotgan o`zbekistonliklar oylik maoshlarini ololmayotganliklari haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat yo`lladi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining xabar berishicha, vakolatxonasi tomonidan mazkur murojaat o`rganib chiqilgan.
Ma`lum bo`lishicha, fuqarolar pilot loyiha doirasida emas, joriy yilning iyun, iyul va avgust oylarida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Farg`ona viloyati hududiy filiali tomonidan “Resurs+” tashkilotiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federasiyasining Perm o`lkasiga ishga yuborilgan.
Ushbu fuqarolarga yo`l xarajatlari va Rossiyada ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma (patent)larini rasmiylashtirish uchun to`lovlar ish beruvchi tomonidan qoplangan.
Biroq fuqarolarning etarli malakaga ega emasligi oqibatida ish beruvchi bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Natijada ular bilan mehnat shartnomalari ish beruvchi tomonidan bekor qilingan.
shundan so`ng ushbu fuqarolarga Agentlik tomonidan Moskva shahridagi “DVG” mas`uliyati cheklangan jamiyatida bo`sh ish o`rinlari taklif etilgan va bunga rozi bo`lgan fuqarolar ixtiyoriy ravishda mazkur korxonada mehnat faoliyatini davom ettirgan.
Bugungi kunda mehnat migrantlariga “MK resurs” korxonasi vakili tomonidan bo`sh ish o`rinlari taklif etilgan va 9 nafari O`zbekistonga olib kelingan.






