AOKAda bo`lib o`tayotgan matbuot anjmanida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi mutasaddilari sohada hamda "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berishmoqda.
- ️ "Toza havo" tadbiri doirasida Respublika hududining 90 foizi sanitar tozalash xizmatlari bilan ta`minlandi va yil boshiga nisbatan 8 foizga o`sdi;
- ️Respublikada bir yilda o`rtacha hosil bo`layotgan 7,1 mln tonna maishiy chiqindilarning 0,7 mln tonnasi qayta ishlashga jalb qilinib, qayta ishlash darajasi 21,9 foizdan 25 foizgacha etkazildi;
- ️36 ta qattiq maishiy chiqindi poligonlarining rekultivasiya qilish natjasida 223 ga er maydonlari davlat zahirasiga topshirildi va 0,7 mln tonna issiqxona gazlari atmosferaga tashlanishining oldi olindi.






