Prezident qarori bilan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi.
Qarorga ko`ra, zamonaviy texnologiyalar bo`yicha chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Institutning asosiy faoliyat yo`nalishlaridan biri sanaladi.
Institut davlat OTM hisoblanib, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha Institutda o`qishni davom ettiradi.
Institut, jumladan:
➖ xalqaro reytingda birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy OTMning dasturi asosida o`z ta`lim dasturlarini shakllantiradi;
➖ ish beruvchilar talablaridan kelib chiqib o`quv rejalaridagi nazariy ta`lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg`ulotlar hajmini oshiriradi;
➖ Institut faoliyati yo`nalishlari bo`yicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni samarali amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va innovasion xizmat ko`rsatuvchi korxonalarni tashkil etadi;
Institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2022/2023 o`quv yilidan etakchi OTMda tegishli magistratura mutaxassisliklari va 2023 yildan tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralari ko`riladi.






