Bugun tez-tez davlat xizmatlariga ishimiz tushadi. Aholiga bir joyda, tezkor, qulay, shaffof va sifatli xizmat ko`rsatayotgan mazkur tizim chin ma`noda odamlarning og`irini engil, uzog`ini yaqin qilmoqda.
Ohangaron shahri vodiy viloyatlarini bog`lovchi chorrahada joylashgan. Tunu kun tinim bo`lmaydigan avtomobil yo`lidan minglab ulovlar o`z manzili tomon shoshiladi.
Endi Siz o`z avtoulovingiz bilan Ohangaron shahar dehqon bozori oldida, katta yo`l yoqasida joylashgan maxsus manzilga yaqinlashib, yo`l-yo`lakay kerakli davlat xizmatdan foydalanish imkoningiz bor. Davlat xizmatlari binosiga kirish va navbat olish shart emas.
DXA Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, “Yo`l-yo`lakay”da Sizga 160 ga yaqin davlat xizmati tez, oson va navbatsiz ko`rsatiladi. Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar ham binoga kirmasdan va ulovdan tushmagan holda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
“Yo`l-yo`lakay” xizmatidan haftaning dushanba va seshanba kunlari foydalanishingiz mumkin.