Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida O`zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 44,5 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 389,5 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 103 ming tonnaga oshgan.
2021 yilning o`tgan 10 oyida O`zbekiston eng ko`p kartoshka import qilgan davlatlar:
🔷 Qozog`iston – 128 ming tonna
🔷 Eron – 127 ming tonna
🔷 Pokiston – 100 ming tonna
🔷 Qirg`iz R. – 19 ming tonna
🔷 Niderlandiya – 11 ming tonna
🔷 Rossiya – 4,4 ming tonna
🔷 Fransiya – 616 tonna
🔷 Afg`oniston – 374,6 tonna
🔷 Germaniya – 66,3 tonna






