Bugun, 4 dekabr kuni soat 11:30 larda Bektemir tumani hududida joylashgan "Sharq" YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Po`latov va M.Shamshievlar tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan "Captiva" rusumli avtomobil to`xtatildi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB Matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan F.Q.ning ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirib ko`rilganda, ushbu fuqaro O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumonlanib, 2021 yil 18 noyabr kunidan buyon qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi F.Q. tuman IIO FMBga topshirilgan.