AsosiyJinoyat

Sirdaryoda giyohvand modda sotayotgan shaxslar qo`lga olindi

'Sirdaryoda giyohvand modda sotayotgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

Sirdaryo viloyat IIB JQB va Yangier shahar IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida Yangier shahar hududida Yangier shaxar A.Jomiy mahallasida yashovchi fuqaro J.R Yangier shahar T.Malik mahallasi hududida geroin giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan. Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida, ushbu xolatga aloqador bo`lgan J.D va L.K lar qo`lga olingan. Ulardan 12 dona rangsiz sellofan bo`lakchalarga joylashtirilgan taxminan og`irligi 10 gramm va 1 dona sellofan paketga joylashtirilgan, taxminan og`irligi 300 gramm bo`lgan geroin giyohvandlik vositasiga o`xshash vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Sud kimyoviy ekspertizasining xulosalariga ko`ra, olingan vositalari geroin giyohvandlik vositalari ekanligi hamda jami og`irligi 317,7 grammga tengligi aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan J.R, J.D va L.K larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodekisining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, “Qamoq ” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Boshqa yangiliklar