AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

'Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

"O`zgidromet"ning xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.  

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-7° iliq bo`ladi.  

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar