2021 yil 4 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 194333 (+228) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 12 nafari Andijon viloyatida,
- 13 nafari Buxoro viloyatida,
- 9 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 9 nafari Namangan viloyatida,
- 17 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 11 nafari Farg`ona viloyatida,
- 14 nafari Xorazm viloyatida,
- 59 nafari Toshkent viloyatida,
- 71 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar,
- Andijon viloyatida 15 nafar,
- Buxoro viloyatida 9 nafar,
- Jizzax viloyatida 14 nafar,
- Navoiy viloyatida 4 nafar,
- Namangan viloyatida 7 nafar,
- Samarqand viloyatida 14 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 5 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
- Farg`ona viloyatida 11 nafar,
- Xorazm viloyatida 16 nafar,
- Toshkent viloyatida 26 nafar,
- Toshkent shahrida 110 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 190939 (+235) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1418 nafarni tashkil qildi.






