AsosiyJamiyat

Andijonlik ayolning 4-qavatdan tushib ketishi bo`yicha tergov olib borilmoqda

'Andijonlik ayolning 4-qavatdan tushib ketishi bo`yicha tergov olib borilmoqda'ning rasmi

Andijon davlat universitetining "Tarix binosi"ning to`rtinchi qavatidan ayol kishi tushib ketgani ma`lum qilingandi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot berdi.

4 dekabr kuni 28 yoshli ayol bir talabaning oila a`zosi sifatida ta`mirlash ishlari amalga oshirilayotgan «Tarix» fakultetining binosida bo`lib o`tadigan ota-onalar majlisiga kelgan.

Shunda u binoning 4-qavatida uyali aloqa telefon apparatidan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida zinalarning to`siqlari bo`lmaganligi sababli zinapoyadan pastga yiqilgan va og`ir tan jarohati olgan.

Olib borilgan tekshirish harakatlari davomida ushbu binoda ta`mirlash ishlarini olib borayotgan «S.Haus» MChJ ishchilari tomonidan zinapoyalarning to`siqlari olib tashlanib, qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan «S.Haus» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda Andijon shaxar IIOFMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar