AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda jayron ovchilari qo`lga olindi

'Qoraqalpog`istonda jayron ovchilari qo`lga olindi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi Taxtako`pir hamda Qorao`zak tuman inspeksiyalari tomonidan ekologik tezkor reyd tadbirlari olib borildi.

Ushbu reyd tadbiri davomida Qorao`zak tumani "Qorao`zak" OFYda yashovchi fuqarolar tomonidan O`zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan 1 dona jayron hamda tegishli ruxsasiz 10 dona quyon ovlanganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Ma`lumot uchun noyabr oyi davomida noqonuniy jayron ovlash bilan bog`liq aniqlangan ikkinchi holat.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar