AsosiyJamiyat

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Ukraina Korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi rahbariyati o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi

'Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Ukraina Korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi rahbariyati o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi'ning rasmi

Kuni kecha o`tkazilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik bo`yicha Toshkent forumi" doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham tashkil etildi.

Xususan, Agentlik direktori A.Burxanov Ukraina Korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi direktori A.Novikov bilan muzokara o`tkazdi.

Muloqot davomida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda o`zaro tajriba almashish, sohaga ilg`or axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklarasiya qilish tizimini yo`lga qo`yish borasida qo`shma loyihalarni hayotga tatbiq etish, shuningdek,  davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta`minlash kabi yo`nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Muzokara yakunida hamkorlik doirasida ekspertlarni jalb qilish, qo`shma tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar