Pilot loyiha doirasida Rossiya Federasiyasi Amur o`lkasidagi «PSP» qurilish korxonasi vakili tomonidan o`tkazilgan tanlov jarayonlaridan muvaffaqiyatli o`tgan va tibbiy ko`rik natijalari ijobiy chiqqan 36 nafar Namangan viloyati fuqarosi ishlash uchun jo`nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Fuqarolarga Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Namangan viloyati filiali xodimlari tomonidan mehnat migrantlari huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, "eslatma buklet va subsidiya asosida bepul rasmiylashtirilgan sug`urta polisi tarqatildi",– deyiladi rasmiy xabarda.