Ishtimoiy tarmoqlarda "Qashqadaryo viloyat hokimi o`rinbosari Rustam Yuldoshev va XTB boshlig`i To`lqin Karimov suratga tushish uchun "sovg`a berib", keyin qaytarib oldi... ", - nomli xabarlar tarqaldi. Viloyat XTB holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi.
Ma`lum qilinishicha, Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida umumta`lim maktablari o`quvchilari o`rtasida 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish bo`yicha ko`rik-tanlov, festival va sport musobaqalari g`olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash tadbiri o`tkazilgan edi.
Tantanali ravishda tadbirda o`quvchilarga berilgan musiqa jihozlari tegishli Nizom talablari asosida topshirilgan.
Qayd etilishicha, tantanali topshirilgan musiqa asboblari o`rnatilgan qonuniy tartib asosida maktab balansiga kirim qilingan bo`lib undan barcha umumta`lim maktab o`quvchilari foydalanib kelmoqda.
"Qashqadaryo viloyati hokimi o`rinbosari Rustam Yuldoshev va Xalq ta`limi boshqarma boshlig`i To`lqin Karimovlar suratga tushish uchun musiqa asboblari yoki sovg`alarni berib so`ngra uni qaytarib olgan mazmunidagi murojaat haqiqatga yaqin emasligini ma`lum qilamiz",–deyiladi rasmiy xabarda..






