AsosiyJamiyat

31 nafar o`zbekistonlik Koreyaga ishlash uchun etib bordi

'31 nafar o`zbekistonlik Koreyaga ishlash uchun etib bordi'ning rasmi

Bugun, 6 dekabr kuni 31 nafar vatandoshimiz Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun etib bordi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Inchon aeroporti orqali Koreya Respublikasiga birinchi marta kirib kelgan fuqarolarimiz Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining ushbu mamlakatdagi vakolatxonasi va Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan tashkiliy tarzda kutib olindi.

Mehnat migrantlari 10 kunlik karantinda bo`lib, tibbiy ko`rikdan o`tgandan so`ng ish joyiga borishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar