"Uzbekistan Airways" va "airBaltic" kompaniyalari qo`shma sheriklik qatnovlari to`g`risidagi yangi bitim asosida yo`lovchilar uchun O`zbekiston va Latviya poytaxtlari o`rtasida qulay sayohat imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Bu haqda "Uzbekistan Airways" Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Yangi shartnomaga muvofiq, 2021 yil 22 noyabrdan boshlab "airBaltic" "Uzbekistan Airways"ning Toshkent va Riga o`rtasidagi reyslarida o`z marketing kodlarini o`rindiqlar kvotasini cheklovsiz joylashtiradi.
Shunday qilib, qayd etilishicha, "airBaltic" mijozlari uchun O`zbekiston va Markaziy Osiyodagi shaharlar bilan aloqa yaxshilanadi, "Uzbekistan Airways" yo`lovchilari esa Evropa "airBaltic" tarmog`ining qulay imkoniyatlaridan foydalanish huquqiga ega bo`ladilar.






