AsosiyJamiyat

Bu yilgi mahalliy olimpiadalarda 1,1 mln nafar 9-11 sinf o`quvchi qatnashdi. Ularning 46 nafari g`olib bo`ldi

'Bu yilgi mahalliy olimpiadalarda 1,1 mln nafar 9-11 sinf o`quvchi qatnashdi. Ularning 46 nafari g`olib bo`ldi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Xalq ta`limi vazirligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

 2020/2021 o`quv yilida Respublikamiz yoshlari umumta`lim fanlaridan mahalliy olimpiadalarda va matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika fanlaridan xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etgan.

Mahalliy fan olimpiadalari 9-11 sinf o`quvchilarining 1,1 mln dan ortig`i ishtirok etgan va Respublika bosqichida 46 nafar o`quvchi g`oliblikni qo`lga kiritgan.  

Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etadigan O`zbekiston terma jamoasiga saralash bosqichlardan muvaffaqiyatli o`tgan o`quvchilarning 23 nafari terma jamoa a`zolari sifatida ishtirok etib, 3 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medallarini qo`lga kiritgan.  

 

    Boshqa yangiliklar