AsosiyJamiyat

Toshkentda “Inson huquqlari bo`yicha ta`lim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusida xalqaro konferensiya o`tkaziladi

'Toshkentda “Inson huquqlari bo`yicha ta`lim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusida xalqaro konferensiya o`tkaziladi'ning rasmi

Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan joriy yil 10-11 dekabr kunlari Toshkentda “Inson huquqlari bo`yicha ta`lim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusida xalqaro konferensiya o`tkaziladi. Onlayn va oflayn shakldagi anjuman milliy hamda xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda. Bu haqda Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu xalqaro konferensiya Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining 25 yilligi, BMT Inson huquqlari bo`yicha ta`lim va tarbiya to`g`risidagi deklarasiyasi qabul qilinganining 10 yilligi hamda Xalqaro inson huquqlari kuniga bag`ishlanadi.

Tadbir doirasida O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda katta hissa qo`shgan fuqarolar va tashkilotlarga “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko`krak nishoni tantanali tarzda topshiriladi.

Shuningdek, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etilganligining 25 yilligi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta`lim va tarbiya to`g`risidagi deklarasiyasi qabul qilinganining 10 yilligi, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 29 yilligimunosabati bilan Milliy markaz tomonidan e`lon qilingan“Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davridainson huquqlari bo`yicha ta`lim” respublika tanlovi yakunlanadi.Tanlov g`oliblari e`lon qilinadi va taqdirlanadi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar