"Finopolis-2021"forumi arafasida o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra, rossiyaliklarning 70 foizdan ortig`i so`nggi bir yilda moliyaviy firibgarlikka duch kelgan, deya ma`lum qiladi TASS.
"Rossiyaliklarning 73 foizi o`tgan yil davomida moliyaviy firibgarlikka duch keldi. Banklar nomidan qo`ng`iroqlar firibgarlikning eng keng tarqalgan turi bo`lib qolmoqda. Aholining kiberxavfsizlikdan xabardor bo`lmagani muammoning asosiy manbai bo`lib qolmoqda", — deyiladi tadqiqotda.
O`tgan yil davomida respondentlarning 65 foizi o`zlari yoki ularning oila a`zolari moliyaviy firibgarlikni hech qanday zarar etkazmasdan boshdan kechirishgan. Shuningdek, firibgarlik natijasida ularning orasida 8% aholi pul yo`qotgan. Eng katta yo`qotishlar esa Sankt-Peterburg va Leningradda (13%), shuningdek, Shimoliy-G`arbiy Federal okrugida (12%) qayd etilgan.
Firibgarlikka duch kelgan taqdirda harakatlar haqidaga so`rov natijalariga ko`ra, rossiyaliklarning qariyb yarmi moliyaviy firibgarlik holatlarida hech qanday chora ko`rmaydi.
Tadqiqot davomida olingan natijalarga ko`ra, respondentlarning 43 foizi moliyaviy firibgarlik holatlarida hech qanday chora ko`rmagan. 23%i bank bilan bog`langan, 9 foizi polisiyaga, faqat 1 foizigina sudga murojaat qilgan.






