Bugun, 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko`chasida joylashgan 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi binosida chaqnash sodir bo`lgan. FVVning ma`lumotiga ko`ra, buning natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan.
Yong`in-qutqaruv bo`linmalari soat 04:02 voqea joyiga etib borib, chaqnash natijasida sodir bo`lgan yong`inni soat 04:25 da o`chirgan.
Yong`in oqibatida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan bo`lib, ular shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
"Hodisa joyiga O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan. Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog`liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.






