AsosiyJamiyat

Farg`onada qulupnay etishtirishga ixtisoslashgan zamonaviy issiqxona qurildi

'Farg`onada qulupnay etishtirishga ixtisoslashgan zamonaviy issiqxona qurildi'ning rasmi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg`ona shahridagi o`rganishlar davomida Guliston ko`chasida barpo etilgan qulupnay etishtirishga ixtisoslashgan zamonaviy issiqxonani ko`zdan kechirdi.

Qayd etilishicha, 1,12 gektar maydonda tashkil etilgan gidroponika usulidagi issiqxona loyiha qiymati 700 ming AQSh dollariga teng.

Ma`lumotga ko`ra, Turkiyadan olib kelingan 145 ming ko`chatdan yiliga 70 tonna hosil olish rejalashtirilgan. Turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlar yo`lga qo`yilgan. 

Shuningdek, shu joyga yondosh hududda 2000 tonna mahsulotni sovutishga mo`ljallangan katta sig`imli muzlatgich ham qurilishi boshlangani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar