AsosiyJamiyat

"Halok bo`lgan fuqaro aniqlandi, Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi ish boshladi". Surxondaryodagi portlash bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'"Halok bo`lgan fuqaro aniqlandi, Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi ish boshladi". Surxondaryodagi portlash bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

FVV Matbuot xizmati Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi portlash bo`yicha qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha,  9 nafar fuqaro turli tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Chaqnash natijasida sodir bo`lgan yong`in 28 daqiqa mobaynida FVV kuch-vositalari tomonidan o`chirilgan.  30 daqiqa atrofida vayrona ostida olib borilgan qidiruv ishlarida bir nafar halok bo`lgan fuqaro aniqlangan.

Mazkur hodisa sabab va oqibatlarini o`rganish uchun O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi voqea joyida ish olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar