O`zbekistonda 2021 yil 6-11 dekabr kunlari esa degelmintizasiyaning 2-turi o`tkazilmoqda. Bu haqda Saitariya-epidemiologiya xizmati xabar qildi.
Ma`lum qinishicha, Jaxon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) bolalar sog`ligini mustaxkamlash va oziq-ovqat moddalarini organizmda so`rilishini yaxshilash maqsadida ommaviy degelmintizasiya tadbirlarini o`tkazilishini taklif etadi. Bolalarni gijja kasalligi bilan zararlanish darajasi 20 foizdan yuqori bo`lgan uyushgan jamoalarda barcha bolarni 100 foiz bir marta, 50 foizdan yuqori bo`lganda esa 2marta degelmintizasiya qilinishi lozimligi JSST tomonidan taklif etilgan. JSST tomonidan ommaviy degelmintizasiya tadbirlarini o`tkazish uchun gijjalarga qarshi dori vositalari bilan ta`minlab kelmoqda.
2020 yil 10 noyabrdagi “Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4887-son Qarori asosida 2-10 yoshdagi bolalarning sog`ligini yaxshilash hamda Respublikada o`rta ta`lim muassasalaridagi bolalar o`rtasida ichak gelmintozi bilan kasallanishni kamaytirish maqsadida 2021 yil 19-24 aprel kunlari 2-10 yoshdagi bolalarga hamda zararlanishi yuqori bo`lgan maktablarda 15 yoshgacha bo`lgan maktab o`quvchilarga Albendozol 400 mg, 2-10 yoshdagi bolalarga Mebendazol 500 mg dori vositasini tarqatish orqali ommaviy degelmintizasiyaning 1 -turi o`tkazilgan edi. 2021 yil 6-11 dekabr kunlari esa degelmintizasiyaning 2-turi o`tkazilmoqda. Ommaviy degelmintizasiya tadbirlari JSST, «AmeriCares»Xalqaro tashkiloti orqali “Sog`lom avlod uchun”Xalqaro nodavlat xayriya jamg`armasi xomiyligida o`tkaziladi. Ommaviy degelmintizasiya tadbirlarida tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda umum ta`lim maktablari, maktabgacha ta`lim tashkilotlarining mas`ul xodimlari xam jalb etiladi.
Degelmintizasiya tadbirlarini samaradorligi aniqlash maqsadida kasallanish darajasi yuqori bo`lgan maktablar, maktabgacha ta`lim tashkilotlari tanlov asosida tadbirni o`tkazilishidan oldin va keyin o`tkaziladi.
Oldingi yillarda o`tkazilgan degelmintizasiya tadbirlarini natijasi shuni ko`rsatdiki, davolash ishlari o`tkazilgandan so`ng bolalar o`rtasida kasallanish darajasi 3-4 martaga kamayishiga erishildi.
Ommaviy degelmintizasiya tadbirlarini o`tkazilishi gijja kasalligi bilan kasallanish darajasini,uni tarqalishini kamayishiga xamda axoli o`rtasida tushuntirish ishlarini olib borilishi kasallikni qayta yuqishini oldini oladi.
Bunday tadbirlarni muntazam ravishda o`tkazilishi bolalarni salomatligini mustaxkamlashga xamda ularni jismonan baquvvat va aqlan etuk bo`lib rivojlanishiga o`zining ijobiiy ta`sirini ko`rsatadi.
Ma`lumot uchun:
Har yili 200 mingdan ortiq bemorlar laboratoriya yo`li bilan aniqlanadi. Shulardan 90 foizi bolalardir. Maktabgacha ta`lim tashkilotlari va maktablarni ichak gelmintozlari (asosan enterobioz,gimenolepidoz,askaridoz,trixosefalyoz) bilan zararlanish ko`rsatkichi 97-99 foizni tashkil etadi. Gelmintozlar odamning amalda xamma organlari va to`qimalarini zararlashi mumkin. Lekin ko`p hollarda ichak, o`pka va jigar to`qimalarini zararlantiradi. Gelmintlar organizmda sensibilizasiya qo`zg`atib, keyin allergik reaksiyalarni rivojlantiradi, kishi organlari va to`qimalarini mexanik shikastlantiradi va ularning faoliyatini buzadi. Ular oziq-ovqat moddalari, vitaminlar va mineral moddalarning so`rilishini yomonlashtiradi, kam qonlikni rivojlanishiga sabab bo`ladi, yuqumli kasalliklarning kechishini og`irlashtiradi va ularga qarshi emlashning samaradorligini pasaytiradi. Gijjalar bolalarning jismoniy rivojlanishini susaytiradi, ish qobiliyatini pasaytirishi va aqliy faoliyatini nochorlashtirishi isbotlangan.
Gelmintozlar bilan kasallanish darajasini yuqoriligini asosiy sababi axolini tibbiy madaniyatini etarli emasligi, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini (toza ichimlik suvi bilan ta`minlanishi, sanitariya talabiga javob beradigan xojatxonalar) talab darajasida emasligidir.
Gijja kasalliklarini oldini olishning asosiy yo`nalishlaridan biri davriy ravishda gijjalarga qarshi preparatlari bilan davolash ishlarini olib borishdir. Bu tadbir o`z navbatida bolalar o`rtasida kasallanishni kamayishiga olib keladi. Degelmintizasiya tadbirlari sog`liqni mustaxkamlaydi va oziq-ovqat moddalarini organizmda so`rilishini yaxshilaydi.






