Avval xabar qilganimizdek, bugun, 7 dekabr kuni soat 03:57 da Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi “Indenim” savdo markazida portlash sodir bo`ldi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 9 nafar odam jarohatlangan va 1 kishi halok bo`lgani aytilgan edi.
Ayni paytda FVV Matbuot xizmatining xabar berishicha, yuzaga kelgan vayronalar ostida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilganda, ikkinchi halok bo`lgan fuqaro topildi.
Eslatib o`tamiz, Mazkur hodisa sabab va oqibatlarini o`rganish uchun O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi voqea joyida ish olib bormoqda.






