Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 7 dekabrdagi tegishli qarorlari bilan vazirlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasida BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablag`larni zaxira sifatida to`ldirmagani sababli ayrim xususiy bandlik agentliklarining lisenziyalari 10 kun muddatga vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Unga ko`ra:
1. “Mirai recruitment agency xususiy bandlik agentligi” MChJ;
2. “Reiwa xususiy bandlik agentligi” MChJ;
3. “Turon world cooperation xususiy bandlik agentligi” MChJ;
4. “Priority international xususiy bandlik agentligi” MChJ;
5. “Specialist group xususiy bandlik agentligi” MChJ;
6. “Jyonan-staff Business xususiy bandlik agentligi” MChJlaring lisenziyalari to`xtatildi.






