AsosiyJamiyat

Bangladeshda ishlash istagida bo`lganlarga takliflar bor

'Bangladeshda ishlash istagida bo`lganlarga takliflar bor'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining yirik ish beruvchilaridan biri atom energetikasi, sanoat, turar-joy qurilishi ob`ektlarida ishlash istagida bo`lgan fuqarolarni ishga taklif etmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Bo`sh ish o`rinlari:

- metall konstruksiyalar va armaturani payvandlash;

- po`lat konstruksiyalarni o`rnatuvchi montajchi.

 Ish joyi: Bangladesh Respublikasi, “Ruppur” atom elektr stansiyasining qurilish loyihasi.

 Ish grafigi: 6/1 kunlik ish haftasi, bir smenada 12 soat ish vaqti.

 Oylik maoshi (ish hajmi va soati qarab):

- issiqlik va mexanik o`rnatish profilining asosiy ishchilari uchun 110-120 ming Bangladesh takasi (1250-1400 AQSh dollari);

- umumiy qurilish ishchilari uchun 90-100 ming Bangladesh takasi (1050-1150 AQSh dollari);

- qurilish-montaj ishlari uchun 120-130 ming Bangladesh takasi (1400-1500 AQSh dollari).

Talablar:

- 18-50 yoshgacha bo`lishi;

- sudlanmagan bo`lishi;

- xorijga chiqish pasporti bo`lishi;

- kasbiy malaka sertifikati mavjudligi;

- 4-malaka toifasi va undan yuqori bo`lgan payvandchi kasbi bo`yicha kamida 1 yil ish tajribasi (ish tajribasi rasman tasdiqlangan bo`lishi kerak) ega bo`lishi;

- balandlikda ishlash uchun guvohnoma;

- rus tilini mukammal darajada bilish talab etiladi.

Ta`kidlanishicha, transport, yashash, hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog`liq xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar