AsosiyJamiyat

"O`zgidromet": "Bugun tog`li hududlarda qor yog`ishi mumkin"

'"O`zgidromet": "Bugun tog`li hududlarda qor yog`ishi mumkin"'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. "O`zgidromet" xabariga ko`ra, ba`zi joylarga tuman tushishi ham mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 9-14° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-12° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 4-9° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar