AsosiyJamiyat

Madaniyat vazirligi xodimlari ishga endi do`ppida kelishadi  

'Madaniyat vazirligi xodimlari ishga endi do`ppida kelishadi   'ning rasmi

Endilikda Madaniyat vazirligi xodimlari odatdagi ish kunida o`zbek milliy bosh kiyimi sanalgan do`ppi kiyishadi. Bu haqda vazir Ozodbek Nazarbekov xabar berdi.

"O`zbekiston Konstitusiyasining qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan barchangizni tabriklayman. Bu imkoniyatdan foydalanib, biz , Madaniyat vazirligi xodimlari ish faoliyatimiz davomida do`ppi kiyishni rejalashtirdik”,- deydi u.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mazkur tashabbus orqali barcha ko`ngillilarni do`ppi kiyishga chorlamoqda.

"Barcha soha vakillarini, ijodkorlarni, vatan fidoyilarini, ko`ngillilarni ushbu tashabbusni qo`llab-quvvatlashga chaqirib qolaman", -deya so`ziga yakun yasagan Nazarbekov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar