AsosiyDunyo

Nima uchun omikron tez tarqalmoqda? JSST javob berdi

'Nima uchun omikron tez tarqalmoqda? JSST javob berdi'ning rasmi

JSST eksperti S.Mas-Komaning ta`kidlashicha, koronavirusning omiron shtammi xalqaro havo qatnovi sonining ko`payishi tufayli tez tarqalmoqda.

Uning so`zlariga ko`ra, yangi shtamm ham “delta” kabi yuqumli bo`ladimi yoki yo`qligini aytish qiyin. Shu bilan birga, virusda topilgan mutasiyalar yanada qattiqroq epidemiya choralarini joriy qilish uchun etarli.

JSST ekspertiga ko`ra, omikron bilan kasallanganlarning aksariyati kasallik simptomsiz yoki engil shaklda bo`lgan, ammo olingan ma`lumotlar faqat yoshlarning kasallik tarixiga asoslangan. Omikron shtammining qariyalarga ta`siri haqida ma`lumot kam.

Shu bilan birga, Mas-Koma niqob taqishni davom ettirish, ijtimoiy masofani saqlash, odamlar gavjum joylardan uzoqroq bo`lish va vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlanishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar