Sud-tergov vaqtida tomonlar o`z tashabbusi bilan psixolog ishtirokini ta`minlashi mumkin.
Qayd etilishicha, “Bola huquqlarining kafolatlarini ta`minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Mazkur hujjat mazmuniga ko`ra quyidagi bandlarni o`z ichiga oladi:
— Jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi 14 yosh etib belgilanmoqda (amalda 13 yosh);
— 16 yoshgacha bo`lgan voyaga etmaganlar bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda va mazkur sohadagi jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda:
Bundan tashqari, (jinsiy aloqa qilish) ozodlikdan mahrum qilish jazosining maksimal muddati 5 yildan 7 yilgacha oshirilmoqda;
— Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismida (o`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 yildan 2 yilgacha ko`paytirilmoqda.
Sud-tergov jarayonida ham bola huquqlarining prosessual kafolatlarini kuchaytirish choralari ko`rilmoqda.
Xususan:
— voyaga etmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so`roq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda 4 soatdan oshmasligi belgilanmoqda (amalda – 8 soat).
Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekistonda boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi yoshi 5 yilga uzaytirilishi hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs etkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.






