O`zbekistonda Yo`l-patrul xizmati xodimlariga yangi namunadagi alkotester moslamasi topshirildi
Ma`lum qilinishicha, hozirgi vaqtda 150 dona yangi namunadagi alkotester respublika bo`ylab YPX xodimlariga tarqatilgan.
YPX xodimi haydovchini spirtli ichimlikdan mast deb gumonlanganda, Alcostop 8000S alkotester moslamasi yordamida haydovchi to`xtatilgan joyning o`zida tekshiruvlarni amalga oshiradi. Moslama tekshiruv jarayonida avtoulov boshqaruvchisini ham suratga olish xususiyatiga ega. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qildi.






