"Bu urush bo`layotgan joydagi kadrlar emas, bu er Qarshidagi nogironlar yashaydigan yotoqxona ekan. Yotoqxona imkoniyati cheklangan odamlar uchun haqiqiy zulmat".
Ijtimoiy tarmoqlarda shu mazmundagi videoxabar tarqaldi. Tasvirda ko`rsatilgan bino haqiqatdan ham abgor ahvolda. "Darakchi.uz" holatga aniqlik kiritish maqsadida Qashqadaryo hokimligi bilan bog`landi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda "Qarshidagi nogironlar yashaydigan yotoqxona" deya nomlangan abgor holatdagi bino aslida yotoqxona emas. Tarqalgan xabarlar yolg`on. Video tasvirdagi bino tadbirkorning joyi. Hozirda shahar hokimining o`zi videoni chiqargan bolani chaqirib vaziyatga oydinlik kirityapti.
Tadbirkor ko`chada qolgan fuqaroga yaxshilik qilish maqsadida yashab turishi uchun ruxsat bergan xolos",–dedi Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov.






