AsosiyJamiyat

Avtomobillarni ro`yxatdan o`tkazilgani to`g`risidagi guvohnomalarni almashtirish muddati yana uzaytirildi

'Avtomobillarni ro`yxatdan o`tkazilgani to`g`risidagi guvohnomalarni almashtirish muddati yana uzaytirildi'ning rasmi

Avtomobillarni ro`yxatdan o`tkazilgani to`g`risidagi guvohnomalarni almashtirish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha etib belgilandi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-sonli qaroriga muvofiq plastik shakldagi guvohnomalar 2017 yil 1 oktyabrdan joriy etildi.

Guvohnomalar avvaliga 60 mingdan 70 mingtagacha berildi, guvohnomalarning almashtirish muddati 2021 yil 31 dekabrgacha belgilanganligi sababli oxirgi oylarda avtomototransport vositalarini rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish bo`yicha murojaatlar soni keskin ortib, bir oyda berilayotgan guvohnomalarning soni 140 mingtani tashkil etdi.

Shu sabab Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 noyabrdagi 690-sonli qarori talablariga asosan, guvohnomalarni almashtirish muddati qayta uzaytirildi. Guvohnomalarni almashtirish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilandi.

Shu bilan qatorda, oxirgi oylarda murojaatlarning soni oldingi oylarga nisbatan salkam ikki baravar oshishi natijasida guvohnomalarni berishda ayrim uzilishlar bilan bog`liq muammolar yuzaga kelmoqda. Mazkur kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida Ichki ishlar vazirligi hozirda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan guvohnomalar uchun buyurtmalar soni ko`paytirilib, hududlarga tarqatilmoqda.

Boshqa yangiliklar