Joriy yilning 12-15 dekabrida O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so`ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanadi) bo`ladi.
Tog` va tog` oldi tumanlarda 12-13 dekabr kunlari yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog`ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublika bo`yicha havo haroratini me`yordan 8-10° pasayishi kutilmoqda.
13-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqqacha, shimolda kechalari 7-12° sovuqqacha, ba`zi joylarda 14-16° sovuqqacha, kunduz kunlari 3° sovuq 2° iliqqacha pasayadi.






