Toshkentda pandemiya bilan kurash davomida jonini fido qilgan tibbiyot xodimlari xotirasiga bag`ishlangan aksiya boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 11 dekabr kuni soat 10.00 da G`alaba bog`iga kirish oldidagi maydonchada Xotira xiyobonini tashkil qilish ishlariga start beriladi.
Birinchi bosqichda 61 ta daraxt ekiladi: chinorlar, qayrag`och va akasiyalar.
Aksiya tashkilotchilari — O`zbekiston Landshaft san`ati uyushmasi Olmazor tuman hokimligi bilan birgalikda. Xususiy kompaniya va shaxslarning homiyligi ham ishlar yanada rivojlanishinishiga yordam beradi. Shu bois ushbu tashabbusga befarq bo`lmagan toshkentliklar daraxtlarni ekishda ishtirok etish va loyihaga homiylik yordamini ko`rsatishga taklif qilinadi.






