O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda aniqlanishicha, shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tadbirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig`ining o`rinbosari lavozimida ishlagan Sh.V. qarindoshi Sh.N. orqali uning tanishi A.K.ning ishonchiga kirib, unga nisbatan Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishini tanishlari orqali tugatib berishni va`da berib, 27 noyabr kuni fuqaro A.K.dan 3.000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan 7 dekabr kuni Sh.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik), 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) hamda Sh.N.ga Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismi (Pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Gumonlanuvchi Sh.V. prosessual tartibda ushlandi.
Avvalroq Bosh prokuratura xodimi 29 ming AQSh dollari bilan qo`lga olingani borasida xabar bergan edik.