Bugun, 10 dekabr kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi. "O`zgidromet" ma`lumotiga ko`ra, ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 16-18° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 9-14° iliq bo`ladi.






