AsosiyJamiyat

Madhiyamiz xalqaro maydonlarda ham O`zbekiston nomini anglatib yangraydigan erkin ovozimizdir — Ozodbek Nazarbekov

'Madhiyamiz xalqaro maydonlarda ham O`zbekiston nomini anglatib yangraydigan erkin ovozimizdir — Ozodbek Nazarbekov'ning rasmi

Bugun, 10 dekabr - O`zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o`zbek xalqini tabriklamoqda.

"Bundan 29 yil avval 10 dekabr kuni Serquyosh va jonajon vatanimizning ulug`vor madhiyasi ilk bora yangragan. O`shandan buyon qalb qo`shig`imizga aylangan madhiyamiz doimiy hamrohimiz",-deydi Nazarbekov so`zining avvalida.

"Butun O`zbekiston har tongni zangori ekran, radio to`lqinlari orqali tarannum etiladigan ana shu betakror va yagona bo`lgan tarona bilan qarshi oladi, desak mubolag`a bo`lmaydi.  Shuningdek, Madhiyamiz xalqaro maydonlarda ham O`zbekiston nomini anglatib yangraydigan erkin va ozod ovozimizdir",-deya alohida qayd etadi u.

"O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov muallifligi, O`zbekiston xalq artisti, bastakor Mutal Burhonov musiqasi bilan yaratilgan Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o`tmishimiz, milliy an`ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg`ular tarannum etilgan.

O`zbekiston Respublikasi Madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o`zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va etuk insonlar bo`lib voyaga etishida muhim tarbiyaviy vosita bo`lib xizmat qilmoqda,-deydi vazir.

U yakunda, - "Erkin ovozimiz timsoli mangu baralla yangrayversin! Barchangizga ushbu kun muborak bo`lsin",deya barchaga tabrik yo`lladi.

    Boshqa yangiliklar