2021 yil 4 dekabr kuni soat 12:05 larda, Katta Qurama MFY ichki yo`lida, To`raqo`rg`on tumanida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan fuqaro MChJga tegishli bo`lgan GAZ-53 rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchi, To`raqo`rg`on tumanida yashagan, 1960 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa natijada, velosipedchi voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha To`raqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 dekabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-kismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






