Manxetten hududida Fox News shtab-kvartirasi kiraverishida turgan o`yinchoqlar va gulchambarlar bilan bezatilgan o`n besh metrli Rojdestvo archasi yonib ketdi. Bu haqda NTV.ru xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, odamlar daraxt yonida tutunni payqashgan. Keyin esa alanga paydo bo`lgan. Shamol esayotgani sabab olov archani tez qamrab olgan. Voqea joyiga etib kelgan o`t o`chiruvchilar Rojdestvo ramzini saqlab qola olmagan. Biroq polisiya o`t qo`yganlikda gumon qilinayotgan shaxsni qo`lga olgan.
"Rojdestvo o`g`risi" Fox News xavfsizlik xodimlari tomonidan payqalgan. Polisiya 49 yoshli uysiz erkakni qo`lga olgan. Tergovchilar gumonlanuvchi siyosiy sabablarga ko`ra jinoyat sodir etgan bo`lishi mumkinligini aytdi.






